Узбек O'zbek
Allegri bu mavsum ishga qaytmoqchi emas
Chorshanba, 02 Oktabr
968

«Yuventus»ning sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bu mavsumda ishga qaytmoqchi emas. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatdi.

Turinliklar klubini shu yil mayida tark etgan 52 yoshli mutaxassis o‘ziga bir necha klubdan qiziqarli takliflar mavjud bo‘lsada, keyingi yil yoziga qadar dam olmoqchi, nesmotrya na interes neskolkix klubov.

Bundan avvalroq, ushbu italiyalik mutaxassis APLda ishlamoqchiligi va «Manchester Yunayted»ni boshqarishi mumkinligi, shu maqsadda ingliz tilini o‘rganayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Shuningdek unga «PSJ», «Tottenhem» va «Milan» klublaridan takliflar mavjud, ammo Allegri mavsum yakuniga qadar hech bir klubda murabbiy sifatida ishlamoqchi emas.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz