Узбек O'zbek
Allegri Angliyada ishlashga tayyorlanmoqda. U ingliz tilini o‘rganishga kirishdi
Chorshanba, 02 Oktabr
3840

«Yuventus»ning sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «Manchester Yunayted»ni boshqarishi mumkin. Bu haqda The Guardian nashri xabar tarqatdi. 

Italiyalik mutaxassis APLda ishlamoqchi va o‘zi uchun «MYU» bosh murabbiyligini kelgusi ish joyi sifatida ko‘rmoqda. U manchesterliklar klubi Ole-Gunnar Sulsherni iste’foga chiqarishini kutmoqda.

Ayni vaqtda mankunianliklar norvegiyalik mutaxassisni ishdan bo‘shatish bo‘yicha harakat boshlamadi, ammo 52 yoshli Allegri nomi agar Sulsher baribir ishdan ketadigan bo‘lsa «MYU»ning bir necha murabbiydan iborat short-listi boshida turadi.  

Xabar qilishlaricha, Allegri ayni vaqtda ingliz tilini o‘rganmoqda.

U shuningdek Chempionlar ligasining 2-turi doirasida Londonda bo‘lib o‘tgan «Tottenhem» – «Bavariya» uchrashuviga (2:7) ham tashrif buyurgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz