Узбек O'zbek
Osiyo chempionati U19 saralash bahslari taqvimi tasdiqlandi 
Seshanba, 01 Oktabr
2444

Shu yilning oktyabr va noyabr oylarida Osiyo Chempionati U19 saralash bahslari o‘tkaziladi. Musobaqada O‘zbekiston yoshlar jamoasi ham ishtirok etadi.

Qayd qilish joizki, chempionatning final bosqichi 2020 yili Toshkentda o‘tkazilishi va futbolchilarimiz yo‘llanmani naqd qilishgani bois, saralash o‘yinlari natijalari biz uchun faqat tayyorgarlik nuqtai nazaridan ahamiyatga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston U19 turnirda F guruhidan joy olgan bo‘lib, quyidagi jamoalar bilan o‘ynaydi:

Osiyo Chempionati U19 saralashi
F guruhi

6 noyabr
21:05 Saudiya Arabistoni – Afg‘oniston
18:05 O‘zbekiston – Hindiston

8 noyabr
18:05 Afg‘oniston – O‘zbekiston
21:05 Hindiston – Saudiya Arabistoni

10 noyabr
21:05 Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston
18:05 Hindiston – Afg‘oniston

Barcha uchrashuvlar Saudiya Arabistonining Xobar shahridagi «Shahzoda Saud bin Jalaviy» stadionida o‘tkaziladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz