Узбек O'zbek
Abramovni «milliy jamoaga kuzatgan» o‘yindan fotogalereya
Seshanba, 01 Oktabr
2737

Superliga 21-turining kutilmagan natijalaridan biri Toshkentda o‘tkazildi. «Bunyodkor» o‘z maydonida «Buxoro»ni qabul qilib 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bu durangni buxoroliklar uchun yaxshi natija deyish mumkin, chunki Muhsin Muhammadiyev jamoasi shu bir ochko sabab «xavfli hudud»dan uzoqlashdi.

«Bunyodkor» esa turnir jadvalida yuqorilash imkonini qo‘ldan boy berdi. Bu o‘yin Vadim Abramovni «milliy jamoaga kuzatib qo‘ydi», desak bo‘ladi. Aynan shu bahsdan so‘ng Abramov O‘zbekiston milliy jamoasi ixtiyoriga yo‘l oldi.

Tribuna.uz fotomuxbiri o‘yinni stadiondan kuzatdi va qiziqarli holatlarni kadrga joyladi. Quyida «Bunyodkor» — «Buxoro» o‘yinidan tayyorlangan fotogalereyani e’tiboringizga havola qilamiz.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz