Узбек O'zbek
Mourino A Seriyaga qaytmasligini aytdi
Dushanba, 30 Sentabr
2098

Portugaliyalik murabbiy Joze Mourino faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirish niyatida emasligini ma’lum qildi.

«Kelgusidagi faoliyatim? U Italiyada bo‘lmaydi.

«Inter» klubi xuddi o‘z uyim, o‘z oilamdek bo‘lib qolgan. Moratti esa do‘stim. Uning rahbarligida trebl qayd etganimiz fantastik davrlar edi.

Madriddagi finaldan keyin g‘alabani nishonlash uchun «San-Siro»ga qaytganimda klubni tark eta olmagan bo‘lardim. Oilangga xayr deyish juda-juda qiyin.

O‘sha oqshomda ketishimni aniq bilardim. «Real»ga uchinchi marta yo‘q deya olmasdim», – dedi Mourino Tiki Taka dasturida.

Eslatib o‘tamiz, Joze 2008-2010 yillarda «Inter»ni boshqargan, ikki yilda beshta (ikki marta A Seriya chempionligi, Italiya kubogi va superkubogi, YeCHL g‘olibligi) sovrin yutgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz