Узбек O'zbek
«Milan» rahbariyati bosh murabbiy lavozimiga uch nomzodni aniqlab oldi
Dushanba, 30 Sentabr
4428

«Milan» bosh murabbiyi Marko Jampaolo iste’foga chiqarilgan taqdirda uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzod mutaxassislar uchligi ma’lum bo‘ldi.

Calciomercato xabariga ko‘ra, klub rahbariyatining qisqa ro‘yxatidan Massimiliano Allegri, Luchano Spalletti va Klaudio Raneri joy olgan.

Ta’kidlanishicha, klubdagilar Allegri nomzodini ko‘proq ma’qullashmoqda, ammo 52 yoshli murabbiyning maosh borasidagi talablari muzokaralarda muammo tug‘dirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Jampaolo shu yil iyun oyida bosh murabbiylikka tayinlangan edi. «Rossoneri» A Seriyaning ilk 6ta turida 6 ochko to‘plab, ayni paytda jadvalning 12-o‘rnida bormoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz