Узбек O'zbek
Braziliyada futbol tarixidagi eng yirik hisoblardan biri qayd etildi
Dushanba, 30 Sentabr
11836

28 sentyabr kuni dunyo futboli tarixiga kiradigan voqea sodir bo‘ldi. Rio shtati (Braziliya) doirasida o‘tayotgan ayollar o‘rtasidagi chempionatda «Flamengo» klubi «Gremino» jamoasi ustidan 56:0 hisobida ustun keldi. Bu liga tarixidagi eng yirik hisobdir, deb xabar beradi klublarning «tvitter»dagi rasmiy sahifasi. 

Dunyo futbolidagi eng yirik hisob 2002 yil 31 oktyabrda Madagaskar chempionatida «Adama» – «L'Emirn» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda qayd etilgan, o‘yinda mezbonlar 149:0 hisobida g‘alaba qozonishgan. Ammo mehmonlar hakamga qarshi norozilik bildirish uchun to‘plarni o‘z darvozalariga atayin kiritishgan. 

Ikkinchi yirik natija sifatida hozirgacha Avstraliya va Samoa milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘yin hisobi qayd etilar edi (31:0). Bu bahs JCH-2002 saralashidan doirasida 2001 yil 11 aprelda bo‘lib o‘tgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz