Узбек O'zbek
«Spartak» Kononovni iste’foga chiqardi
Yakshanba, 29 Sentabr
1435

Moskvaning «Spartak» klubi Oleg Kononovni bosh murabbiy lavozimidan iste’foga chiqardi.

«Spartak-Moskva» klubi rahbariyati «Orenburg»ga qarshi o‘yindan keyin qoniqarsiz natijalar tufayli «Spartak» klubi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqish uchun ariza yozgan Oleg Kononovni iste’foga chiqardi. 

«Krasnodar»ga qarshi kechadigan keyingi o‘yinda jamoani Sergey Kuznetsov bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida boshqarib turadi», — deyiladi moskvaliklar klubi matbuot xizmati xabarida.

«Orenburg»ga qarshi o‘yindagi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat jamoa uchun chempionatda qatorasiga to‘rtinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.

«Spartak» Rossiya chempionatining 11 turidan keyin 14 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 9-o‘rinda joylashgan. 

6 oktyabr kuni, 12-tur doirasida «Spartak» «Krasnodar» mehmoni bo‘ladi. 

53 yoshli Kononov «Spartak» boshqaruviga 2018 yil noyabrida kelgandi. O‘tgan mavsumda moskvaliklar klubi Rossiya Kubogining chorak finalida «Ural»ga yutqazgan, RPLni esa beshinchi o‘rinda yakunlab, Yevropa Ligasining guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma ololmagandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz