Узбек O'zbek
Pike: «Qaysi gazetalar klub bilan aloqadorligini, boshqa nom ostida kim maqola yozayotganini bilamiz»
Yakshanba, 29 Sentabr
1990

«Barselona» himoyachisi Jerar Pike La Liga doirasida «Xetafe» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin (2:0) jamoa a’zolarining rahbariyat bilan kelishmovchiligi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Bunga jahl qilib o‘tirmoqchi emasmiz. Nizoni ikkala tomon ham istamasa, u bo‘lmaydi. Klubda nimalar bo‘layotganini bilamiz. Qaysi gazetalar klub bilan bog‘liq ekanidan ham, boshqa nom bilan yozayotganlarning kimligidan xabardormiz.

Shunday ekan, xafa bo‘lib o‘tirmaymiz. Vazifamiz – maydonga chiqib, sovrinlar yutish.

Aslida yo‘q joydan kelishmovchilik keltirib chiqarishni hech kim xohlamaydi, deb umid qilaman», – dedi Pike.

Ma’lumot uchun, shu hafta Mundo Deportivo nashrida «Barselona» futbolchilari klubda katta mavqega ega bo‘lib olishgani va mavsumning muvaffaqiyatsiz boshlanishiga o‘zlari aybdor ekanliklari haqida maqola chop etilgan.

Unda aytilishicha, «ko‘k-anorranglilar» o‘yinchilari Neymarni qaytarishga rahbariyatni ko‘ndirishgan, safar o‘yinlariga jurnalistlarning jamoa bilan birga ketishini taqiqlashgan.

Marca xabariga ko‘ra, «Barselona» futbolchilari Mundo Deportivo bu maqolani klub direktorlar kengashi buyurtmasi bilan chop etgan, deb hisoblamoqda. Chorshanba kuni o‘yinchilar tushlik vaqtida shu masalani muhokama qilishgani aytilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz