Узбек O'zbek
A Seriya. «Napoli» qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi
Yakshanba, 29 Sentabr
1289

Italiya A Seriyasining 6-turidan o‘rin olgan «Napoli» va «Breshia» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda maydon egalari qiyin g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘yinda hisobni mezbonlar hujumchisi Dris Mertens ochdi, bo‘lim oxirida himoyachi Manolas neapolitanliklar ustunligini oshirdi. Ikkinchi bo‘limda esa «Breshia» hujumchisi Mario Balotelli bitta javob goliga mualliflik qildi. Bu uning A Seriyaga qaytganidan keyingi ilk goli bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Napoli» ochkolari sonini 12taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

A Seriya, 6-tur
Napoli – Breshia 2:1
Gollar:
Mertens (13), Manolas (45) – Balotelli (67).
Napoli: Ospina, Di Lorenso, Maksimovich (Xyusay, 76), Manolas (Luperto, 65), Gulyam, Allan, Zelinski, Fabian Ruis, Kalexon, Lorente (Elmaz, 73), Mertens.
Breshia: Yoronen, Sabelli, Chanselor, Martella (Mateyu, 68), Chistana, Shpalek (Matri, 85), Dessena (Romulo, 72), Bizoli, Tonali, Balotelli, Donnarumma.
Ogohlantirishlar: Manolas (19), Sabelli (33), Xyusay (78).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz