Узбек O'zbek
«PSJ» futbolchilari Paredesdan norozi bo‘lishmoqda
Juma, 27 Sentabr
4106

«PSJ» yarimhimoyachisi Leandro Paredesning klubdagi kelajagi katta shubha ostida, deb xabar beradi Le Parisen.

Manbaning xabariga ko‘ra, «PSJ» futbolchilari chempionatning 7-turida «Reyms»ga mag‘lub bo‘lgandan keyin (0:2) 25 yoshli yarimhimoyachidan norozi bo‘lishgan. Xususan, Marko Verratti futbolchi maydon markazida sheriklari bilan Til topisha olmayotganidan norozi. 

Paredes «PSJ»ga shu yilning yanvar oyida «Zenit»dan o‘tgandi. Uning transferi parijliklarga 40 mln yevroga tushgan. Yarimhimoyachining Fransiya chempioni bilan shartnomasi 2023 yil yozigacha tuzilgan. Futbolchi bu mavsumda 5ta o‘yinda ishtirok etdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz