Узбек O'zbek
«Manchester Yunayted»ning uch nafar futbolchisi «Arsenal»ga qarshi o‘ynamaydi
Juma, 27 Sentabr
3891

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher «Arsenal»ga qarshi o‘yinda Pol Pogba, Markus Reshford va Antoni Marsial xizmatidan foydalana olmasligini aytdi.

«Pogba «Rochdeyl»ga qarshi o‘yinni yaxshi o‘tkazdi, ammo oyog‘idan kuchli zarba yedi. Endi uning «Arsenal»ga qarshi bahsdagi ishtiroki so‘roq ostida turibdi. Hayot shunaqa ekan.

Reshford va Marsialga keladigan bo‘lsak, ular jarohatidan tiklanib olishga ulgurishmaydi. Bu ham futbolning bir qismi, qo‘limizda mavjud bo‘lgan futbolchilar bilan ishlayveramiz», - deb norvegiyalik mutaxassis so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.

«Manchester Yunayted» - «Arsenal» o‘yini 30 sentyabr kuni «Old Trafford»da o‘tkaziladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz