Узбек O'zbek
Gattuzo Rossiya klublaridan birini boshqarishi mumkin
Juma, 27 Sentabr
2055

«Milan»ning sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Moskvaga bordi.

«Chempionat.ru» xabariga ko‘ra, 41 yoshli mutaxassis Rossiya klublaridan biri bilan shartnoma imzolash uchun muzokara o‘tkazadi.

Avvalroq Gattuzoning «Inter Mayami» klubini boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Eslatib o‘tamiz, Amerika klubiga uning sobiq jamoadoshi Devid Bekhem xo‘jayinlik qiladi.

Gattuzo 2019 yil may oyida «Milan»ni tark etdi. U faoliyati davomida «Piza», «Palermo» va Gretsiyaning OFI klublarida ham ishlagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz