Узбек O'zbek
«Barselona» Fabian Ruisni sotib olishga qaror qildi – OAV
Juma, 27 Sentabr
2999

«Napoli» yarimhimoyachisi Fabian Ruis mavsum yakunida vatani Ispaniyaga qaytishi mumkin.

Mundo Deportivo manbasiga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi «Barselona»ning keyingi yoz uchun transferlar rejalaridan joy olgan.

«Ruisning o‘yinidagi o‘sishni muntazam kuzatib borayotgan «Barsa» rahbarlari u jamoa o‘yin uslubiga to‘la mos keladi, shu bois uni 2020 yil yozida sotib olishga qaror qilingan», – deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Fabian «Betis» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U 2014-2018 yillarda shu jamoa tarkibida o‘ynagan. So‘ng 30 mln yevro evaziga «Napoli»ga o‘tgan.

Joriy mavsumda xavbek A Seriyaning 4ta o‘yinida qatnashib, 1ta gol va 2ta sariq kartochkani o‘z nomiga yozib qo‘ydi. O‘tgan mavsum esa u milliy chempionatning 27ta turida 5+4 samaradorlik ko‘rsatkichiga erishgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz