Узбек O'zbek
«Arsenal»ga yangi sardor tayinlandi
Juma, 27 Sentabr
3961

«Arsenal» bosh murabbiyi Unai Emeri jamoa sardori kim bo‘lishi masalasida bir qarorga keldi.

Ingliz matbuotiga ko‘ra, «to‘pchilar»ning sardorlik bog‘ichi endilikda Granit Jakaga tegishli bo‘ladi.

Vitse-sardor vazifasini esa yo Aleksandr Lyakazett, yoki Per-Emerik Obameyang bajaradi.

Eslatib o‘tamiz, shu yil yozda «Arsenal»ning sobiq sardori Loran Koselni klubdagi 9 yillik faoliyatidan so‘ng «Bordo»ga yo‘l olgan edi.

Emeri jamoasi navbatdagi o‘yinni APL doirasida, 30 sentyabr kuni «Manchester Yunayted» maydonida o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 1 oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:00da boshlanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz