Узбек O'zbek
Puyol «Barselona»ga rad javobini berdi
Payshanba, 26 Sentabr
9719

«Barselona»ning sobiq himoyachisi va sardori Karles Puyol klubga qaytmaydi. Bu haqda u o‘zining «tvitter»dagi sahifasida ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar 41 yoshli mutaxassisga «Barselona» sport direktori lavozimini taklif qilishgandi.

«So‘nggi haftalarda «Barselona»ga sport direktori sifatida qaytishim mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Taklifga rad javobini berish juda qiyin qaror bo‘ldi. Chunki men har doim uyga qaytishni xohlardim. Ammo hozirda turli loyihalarda ishtirok etayotganim o‘zimni to‘liq klubga bag‘ishlashga imkon bermaydi, bu lavozim mas’uliyatni talab qiladi.

Taklif qilishgani va menga bildirilgan ishonch uchun klubga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman», – deb yozadi Puyol.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz