Узбек O'zbek
«PSJ» Neymar bilan yangi shartnoma tuzmoqchi
Payshanba, 26 Sentabr
4311

«PSJ» rahbariyati hujumchi Neymar bilan bitim muddatini uzaytirmoqchi, deb xabar tarqatdi Mundo Deportivo.

Nashr manbasiga ko‘ra, hozircha braziliyalikning bu boradagi fikri noma’lum. 2019 yil yozida u jamoadan ketishni istagan, ammo «Barselona» va «PSJ» o‘zaro kelisha olishmagan edi. Neymarning transfer narxi yuqoriligi bunga monelik qilgan.

Shu bilan birga, 10-raqam egasiga «Real»dan ham qiziqish bo‘lgani aytilgandi. Ammo OAVdagi xabarlarga qaraganda Madriddagilar Neymar emas, ko‘proq Kilian Mbappega qiziqish bildirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Neymar transferidagi mavhumlik tufayli u mavsum avvalini o‘tkazib yubordi. Keyinroq esa ikkita o‘yinda qatnashib, har ikkisida ham so‘nggi daqiqalardagi goli bilan jamoasiga g‘alaba olib keldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz