Узбек O'zbek
Neymar sudda «Barselona»ga qarshi ko‘rsatma beradi
Payshanba, 26 Sentabr
5979

«PSJ» klubining braziliyalik hujumchisi Neymar sobiq jamoasi «Barselona» bilan sudlashmoqda.

Marca xabariga ko‘ra, futbolchi 27 sentyabr kuni Ispaniyaga boradi va sudda ko‘rsatma beradi. 

Neymar «Barselona»dan 26 million yevro miqdoridagi bonusni talab qilmoqda. Futbolchi shartnoma imzolaganida shuncha miqdordagi mukofot pulini olishi kerak edi. Ammo «PSJ» klubiga o‘tib ketgach, «Barselona» bu pullarni to‘lashni istamadi.

O‘z navbatida, kataloniyaliklar ham undan 14 million yevro miqdoridagi bonuslarni qaytarishni talab qilshmoqda.

Qayd qilish joizki, «Barselona» yozda 27 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘rdi, ammo transfer amalga oshmay qoldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz