Узбек O'zbek
Liga 1da sensatsiya. «PSJ» o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi
Payshanba, 26 Sentabr
7153

Fransiya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Liga peshqadami «PSJ» kutilmaganda o‘z uyida «Reyms»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Mag‘lubiyatga qaramay parijliklar to‘plar nisbatiga ko‘ra turnir jadvalidagi yetakchilikni saqlab qolishdi. Qizig‘i, 2-o‘rinda «PSJ» bilan bir xil ochko to‘plagan «Anje» bormoqda.

Liga 1, 7-tur

PSJ – Reyms 0:2
Gollar
: Kamara (29),  Dia (90).
PSJ: Navas, Bernat, Kimpembe, Kurzava (Markinos, 66), Mbe So (Mene, 59), Sarabiya, Paredes, Shupo-Moting (Di Mariya, 42), Errera, Diallo, Neymar.
Reyms: Raykovich, Disasi, Foke, Abdelxamid, Kamara (Dumbiya, 85), Kafaro, Munetsi, Mbuku (Dia, 61), Shavaleren, Konan, Donis (Uden, 69).
Ogohlantirish: Donis (40), Bernat (45), Raykovich (83).

Brest – Lion 2:2
Gollar: Kur (29, 85) – Dembele (28), Korne (69).

Nant – Renn 1:0
Gol: Abdulay Ture (77, penalti).

Sent-Eten – Mets 0:1
Gol: Diallo (19).

Monpele – Nim 1:0
Gol: Arno Suke (31).

Tuluza – Anje 0:2
Gollar: Aliui (88, 90+5).

Lill – Strasburg 2:0
Gollar: Osimxen (43), Remi (64).

Amen – Bordo 1:3
Gollar: Mendosa (2) – Adli (8, 45+1), Kalu (73).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz