Узбек O'zbek
Allegri ingliz klubi boshqaruviga kelishi mumkin
Payshanba, 26 Sentabr
6702

«Yuventus»ning sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri agar «Tottenhem Hotspur» Maurisio Pochettinoni ishdan bo‘shatsa, uning o‘rniga London klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda The Sun o‘z manbalariga asoslangan tarzda xabar tarqatgan.

Pochchetino boshqaruvida «Tottenhem» yangi mavsumni omadsiz boshladi. Angliya Premer-Ligasining 6 turidan keyin londonliklar atigi 8 ochko jamg‘arishgan. Bundan tashqari, klub Angliya ligasi kubogining uchinchi bosqichida to‘rtinchi liga vakili «Kolchester»ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, Pochettino Madridning «Real» klubiga yo‘l olishi mumkin. Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumi finali arafasida argentinalik mutaxassis jamoasi finalda g‘alaba qozongudek bo‘lsa, o‘z maqsadiga erishgani uchun lavozimini tark etishi mumkinligini aytib o‘tgandi. Pochettino nomi ko‘p vaqtdan buyon «Real» bilan bog‘lab kelinadi.

Bundan avvalroq, Allegri Angliyaning boshqa bir klubiga, Sulsher o‘rniga «MYU» boshqaruviga kelishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz