«Barselona» hujumchisi Lionel Messi La Liganing keyingi turi doirasida «Xetafe»ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmasligi mumkin.
Sport.es nashri xabariga ko‘ra, bugun argentinalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va uning natijasiga ko‘ra keyingi qaror qabul qilinadi.
La Liganing 6-turida «Vilyarreal»ga qarshi kechgan va 2:1 hisobidagi g‘alaba qayd etilgan o‘yinda yangi mavsumda ilk marta boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan Messi belida og‘riq sezdi va murabbiy ehtiyotkorlik yuzasidan uni tanaffus vaqtida almashtirishga qaror qildi.
Futbolchi mavsum arafasida olgan jarohati tufayli mavsum startini o‘tkazib yuborgandi. U o‘tgan turda «Granada»ga qarshi o‘yinda ikkinchi bo‘limda maydonga tushirilgandi.