Узбек O'zbek
Pogba jarohatidan tuzalib, safga qaytdi
Seshanba, 24 Sentabr
2528

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogba to‘piq suyagidan olgan jarohatidan tiklanishga ulgurdi.

«Katta ehtimol bilan u «Rochdeyl»ga qarshi o‘yinda bir necha daqiqa maydonda bo‘ladi. Ishonchim komilki, u «Arsenal»ga qarshi o‘yingacha tayyor bo‘ladi», – degan klub bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher.

Shu bilan birgalikda, klub hujumchilari Markus Reshford va Antoni Marsiyal, shuningdek himoyachi Lyuk Shou jarohatini davolashda davom etishmoqda va ular navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuborishadi.

Angliya Ligasi Kubogi doirasidagi «Manchester Yunayted» – «Rochdeyl» uchrashuvi 25 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz