Узбек O'zbek
Allegri «MYU»da Sulsherning o‘rnini egallashi mumkin
Seshanba, 24 Sentabr
12585

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher iste’foga chiqarilishi mumkin. Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyligi lavozimiga «Milan» va «Yuventus»ning sobiq ustozi Massimiliano Allegri asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Norvegiyalik mutaxassis boshqaruvida «MYU» premer-liga tarixidagi eng yomon startini qayd etdi, «qizil iblislar» 6 turdan keyin 8 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, «Yunayted» bosh murabbiyligi uchun nomzodlar qatorida muqaddam ushbu klubda to‘p surgan, murabbiylik faoliyatida «PSJ» va «Bordo» klublarini boshqargan Loran Blan nomi ham bor.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz