Узбек O'zbek
Sulsher Lingard va Reshfordni modadan ko‘ra ko‘proq futbol haqida o‘ylashga chaqirdi
Dushanba, 23 Sentabr
3361

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoa yarimhimoyachisi Jessi Lingard va hujumchi Markus Reshfordning to‘la diqqat-e’tiborini futbolga qaratmayotganidan norozi, deb ma’lumot tarqatdi The Sun.

Nashrga ma’lum bo‘lishicha, «qizil iblislar» ustozi va uning yordamchisi Mayk Felan bu ikki ingliz bilan suhbat o‘tkazib, ularni modadan ko‘ra futbolni ko‘proq o‘ylashga chaqirgan.

Qayd etish joiz, Lingard avvalroq JLINGZ nomli o‘z shaxsiy kiyim-kechak brendiga asos solgan edi. Bundan tashqari Be Yourself brendi ham unga tegishli.

Eslatib o‘tamiz, APL 6-turidagi «Vest Hem» bilan o‘yinda (0:2) Jessi zaxirada qoldirilgan, 61-daqiqada esa jarohat olgan Reshfordning o‘rniga maydonga tushgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz