Узбек O'zbek
Messi «Granada»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin jamoadoshlariga qattiq tanbeh berdi
Dushanba, 23 Sentabr
9072

«Barselona» La Liganing 5-turida «Granada»dan mag‘lubiyatga uchragani (0:2) jamoa sardori Lionel Messining jiddiy e’tiroziga sabab bo‘lgan, deb xabar bermoqda Cadena COPE.

Manbaga ko‘ra, Messi o‘yindan keyin kiyinish xonasida jamoa a’zolarini qattiq qoyigan.

Leoning o‘zi bu o‘yinda ikkinchi taymdan boshlab harakat qilgan, bu uning jarohatidan sog‘ayganidan keyingi ilk o‘yini bo‘lgandi.

«Barsa» Ispaniya chempionatining ortda qolgan 5ta turida bor-yo‘g‘i 7 ochko to‘pladi, ikkita o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Klub yetakchilar «Atletik» va «Real»dan 4 ochkoga ortda qolyapti.

«Ko‘k-anorranglilar» keyingi turda «Vilyarreal»ni qabul qiladi. O‘yin ertaga, Toshkent vaqti bilan 25 sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:00da boshlanadi. 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz