Узбек O'zbek
Errera: «Neymar bu mavsumda «Oltin to‘p»ni olishi mumkin»
Dushanba, 23 Sentabr
1949

«PSJ»ning yangi a’zosi Ander Errera jamoadoshi Neymar haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi. Braziliyalik futbolchi parijliklarning Fransiya chempionatidagi so‘nggi ikki o‘yinida so‘nggi daqiqalarda g‘alaba goli muallifi bo‘lgan edi.

«Neymar bilan bir klubda o‘ynayotganimdan juda xursandman. U haqdagi transfer dostoni haqida gapirmoqchi emasman. U hozir biz bilan. U shunday zo‘r o‘yinchiki, joriy yo keyingi mavsumda yoki ikki yildan keyin «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkin.

Barchamiz undan xursandmiz. Butun mavsum davomida shunday o‘ynashda davom etadi, deb umid qilaman.

Chempionlik? Endigina 6ta o‘yin o‘tkazdik. Biroz oldin jadvalga qaragandim, «Renn», «Anje» va «Marsel» klublari unchalik uzoqda emas. Raqiblarimizni hurmat qilamiz», – degan Erreraning so‘zlarini keltirdi Goal.

Eslatib o‘tamiz, Neymar La Ligaga qaytishi ehtimoli borligi sabab mavsumning dastlabki o‘yinlarini o‘tkazib yuborgan, Parij klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel klubdagi kelajagi masalasi hal bo‘lguniga qadar uni maydonga tushirmasligini aytgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz