Узбек O'zbek
«Barselona» so‘nggi 25 yillikdagi eng yomon natijasini qayd etdi
Yakshanba, 22 Sentabr
2702

«Barselona» Ispaniya chempionatining 5-turida «Granada» mehmoni bo‘ldi. Granadadagi «Los-Karmenes» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ko‘k-anorranglilar 5 turdan keyin 7 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 7-o‘rinda joylashgan. Mavsum startidagi o‘yinlarda Ernesto Valverde jamoasi 2 g‘alaba, 1 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etgan.

Opta ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» so‘nggi marta Primerani 25 yil muqaddam shunday omadsiz boshlagandi – 1994/95 yilgi mavsumda kataloniyaliklar Yoxan Kruiff boshqaruvida 5 turdan keyin 7-o‘rinda joylashgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz