«Barselona» Ispaniya chempionatining 5-turida «Granada»ga mag‘lub bo‘ldi (0:2).
Ernesto Valverde jamoasi dastlabki 5 turdan so‘ng, 7 ochko to‘pladi. Opta'ning xabar berishicha, bu «Barselona»ning so‘nggi 25 yildagi eng yomon startidir.
So‘nggi bor kataloniyaliklar 1994/1995 yilgi mavsumni xuddi shunday muvaffaqiyatsiz boshlashgandi.