Узбек O'zbek
RPL. «Rostov» oxirgi o‘rindagi jamoaga yutqazdi, Shomurodov gol urdi
Shanba, 21 Sentabr
4697

Rossiya chempionati 10-turida sensatsion natija qayd etildi. «Mordoviya arena»da «Tambov» mehmoni bo‘lgan «Rostov» 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Avvaliga Eldor Shomurodov rostovliklarni hisobda oldinga olib chiqqandi, ammo Melkadzening dubli tambovliklarga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa musobaqa jadvalida oxirgi o‘rinda borayotgan «Tambov» mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. «Tambov» iyuldan beri g‘alaba nima ekanini bilmay kelayotgandi. «Rostov»ning ochkolari 20 taligicha qoldi va jamoa uchinchi o‘ringa joylashdi.

RPL. 10-tur
Tambov – Rostov 2:1
Gollar: Melkadze (38, 61) – Shomurodov (27).
Tambov: Sheliya, Osipenko, Tetrashvili, Takazov, Gritsayenko, Melkadze (Chernыshov, 65), Karasev (Kulik, 89), Ribin, Kostyukov (Appayev, 66), Oyevole, Obuxov.
Rostov: Baburin, Sigurdsson, Chistyakov, Chernov, Kozlov, Yeremenko, Popov, Glebov (Dolgov, 78), Bayramyan (Vedernikov, 87), Ionov, Shomurodov.
Ogohlantirish: Karasyov (7), Chistyakov (81), Tetrashvili (90), Dolgov (90), Shomurodov (90).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz