Узбек O'zbek
Ramon Kalderon: Mourino «Real»ga qaytadi
Shanba, 21 Sentabr
9886

«Real»ning sobiq prezidenti Ramon Kalderonning hisoblashicha, madridliklar klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan va klubning amaldagi prezidenti Florentino Peres o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan. Uning fikricha, prezident va murabbiy transfer siyosatida hamfikr bo‘la olmagan va buning oqibatida tomonlar o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqan.

«Peres va Zidan o‘rtasidagi munosabatlar juda tarang holatda. Prezidentga murabbiyning Beyl va Xamesga munosabati yoqmayapti. Chunki, murabbiy avvaliga ularni ketkazmoqchi bo‘lgan, endi esa ular asosiy tarkib futbolchilari. Ular maydonga tushishmoqda, chunki boshqa futbolchilar yo‘q. Ammo Zidan bunday bo‘lishini istamagandi. U klub rahbariyati Pogbani qo‘lga kiritish uchun hech qanday harakat qilmaganidan ranjigan. U klub yarimhimoya chizig‘i uchun kerakli futbolchilar olib kelinmaganidan xafa bo‘lgan. Vaziyat juda murakkab. Agar vaziyat tezda o‘zgarmasa, qat’iy qaror qabul qilishga to‘g‘ri keladi.

Menimcha, Mourino «Real»ga qaytishi mumkin. Undan biroz vaqt kutishni so‘rashgandi.  Mourinoda Xitoydan takliflar bo‘lgandi, ammo u bu takliflarni qabul qilmadi, chunki u «Real»dagi vaziyatni kuzatmoqda», deya Kalderonning so‘zlarini keltirmoqda A Bola.

Bundan avvalroq, «Real»ning ayrim futbolchilari Zidanning iste’fosini istayotgani haqida xabar tarqalgandi.

Sport.es nashri ma’lumotiga ko‘ra, fransiyalik mutaxassisni iste’foga chiqarish madridliklarga 80 million yevroga tushishi mumkin.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz