Узбек O'zbek
Ektor Belerin yanvardan beri ilk bor maydonga tushdi
Shanba, 21 Sentabr
1536

APLning yoshlar jamoalari o‘rtasida (U23) bo‘lib o‘tgan «Arsenal» va «Vulverhempton» bahsida durang qayd etildi (2:2).

«Arsenal» klubi «tvitter»ining ma’lum qilishicha, londonliklarning boshlang‘ich tarkibida himoyachilar Ektor Belerin va Kiran Tirni maydonga tushishdi.

24 yoshli ispaniyalik himoyachi ikkinchi bo‘limda almashtirildi, Tirni esa o‘yinni to‘liq o‘tkazdi.

Belerin tizzasidan olgan jarohati bois yanvar oyidan beri o‘ynamayotgan edi. Tirni esa yozgi transferlar davrida «Seltik»dan sotib olingan bo‘lib, jarohati tufayli hali maydonga tushmagan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz