Узбек O'zbek
«Real»ning sobiq hujumchisi Zidanga ishonmayapti
Juma, 20 Sentabr
13393

«Real»ning sobiq hujumchisi Predrag Miyatovich «qirollik klubi» bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa o‘yinini yo‘lga qo‘yishiga shubha bilan qaramoqda.

«Men «Real» ko‘plab yulduz futbolchilari maydonga tushmagan «PSJ»ga qarshi bunday o‘ynashini kutmagan edim. O‘yindan oldin «Real»ga nisbatan ishonchim ortiq edi va doim yaxshi ishtirok etadigan bu turnirni yaxshi boshlashiga umid qilgandim. Ammo bu sodir bo‘lmadi. «PSJ» har jihatdan ustun bo‘ldi. «Real» maydonda deyarli yo‘q edi, bu juda xavotirli.

Bu mavsum ham avvalgisiga o‘xshash. Birinchi daqiqadan boshlab «Real» o‘yinda yo‘q edi. Ular juda ko‘p qiyinchiliklarga duch keldi. «Real» o‘yinini yaxshilashi ekrak, bunga vaqt bor. Jamoaning yakshanba kungi «Sevilya»ga qarshi o‘yinidan xavotirdaman. Men Zidan «Real»ning o‘yinini yaxshilashiga ishonmayman», – deb Miyatovichning so‘zlarini keltiradi AS.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz