Узбек O'zbek
Lempard: «Hadson-Odoi jahon darajasidagi futbolchi ekanini ko‘rsatadi»
Juma, 20 Sentabr
907

«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoa bilan yangi 5 yillik shartnoma imzolagan yarimhimoyachisi Kallum Hadson-Odoi haqida gapirdi.

«Kallum iqtidorli futbolchi ekaniga shubha yo‘q. U biz uchun asosiy o‘yinchiga aylanishi mumkin va u uchun barcha eshiklar ochiq. U hali ishlashi kerak bo‘lgan jihatlar bor, Kallum hali yosh, ammo u «Chelsi» va Angliya milliy jamoasining muhim tarkibiy qismiga aylanishi mumkin. Men uni professional darajadagi futbolchiga aylanishi uchun tinmay ishlayman.

Kallum o‘zi o‘sgan «Chelsi»da jahon darajasidagi futbolchi ekanligini namoyish qilishi mumkin va men bunga chin dildan ishonaman», – deb Lempardning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz