Узбек O'zbek
Yevropa Ligasida 1-turning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar ma’lum qilindi
Juma, 20 Sentabr
1719

UEFA Yevropa Ligasi 1-turining eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga nomzodlarni e’lon qildi. Bular – Bukayo Saka («Arsenal»), Klaudiu Kesheryu («Ludogorets»), Nikolo Dzanolo («Roma») va Kevin Bua («Bazel»)

«Arsenal» hujumchisi Bukayo Saka «Ayntraxt»ga qarshi o‘yinda (3:0) 1ta gol urdi va 2ta golga assistentlik qildi.

«Ludogorets» hujumchisi Kladiu Kesheryu «SSKA» bilan o‘yinda (5:1) xet-trikka erishdi.

«Roma» yarimhimoyachisi Nikolo Dzanolo «Istanbul»ga qarshi bahsda (4:0) gol urdi va 2ta golga assistentlik qildi.

«Bazel» yarimhimoyachisi Kevin Bua «Krasnodar»ga qarshi o‘yinda (5:0) dubl qayd etdi.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz