Узбек O'zbek
Emeri: «O‘yin qiyin bo‘lishini bilar edik»
Juma, 20 Sentabr
1514

«Arsenal» bosh murabbiyi Unai Emeri Yevropa Ligasining 1-turidan o‘rin olgan «Ayntraxt»ga qarshi o‘yindan so‘ng (3:0) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«O‘yin qiyin bo‘lishini bilar edik. Ular o‘z maydonlarida juda kuchli o‘ynashadi. Raqib hujumkor futbolchilarga ega va biz himoyada ko‘p ishlarni bajarishimiz kerak edi, ba’zan esa orqaga chekinishimiz kerak edi. Biz buni amalga oshirdik. Yosh futbolchilarimiz vaziyatlar yaratish va tarjibali o‘yinchilar birga maydonda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ular bugun juda yaxshi o‘ynashdi. Bu – bizning yo‘limiz.

Bukayo Saka muvaffaqiyatli o‘ynadi va kiritgan to‘pi tufayli o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirdi, u o‘yinni juda yaxshi yaxshi yakunladi. Shuningdek, Smit-Rou haqida ham aytish mumin, u jarohatdan tuzalib, ushbu mavsumda birinchi bor o‘ynadi. Uillok biroz sekinroq boshladi, ammo asta-sekin o‘zini yaxshi his qildi va yaxshi o‘yin namoyish etdi. Torreyra ham juda ko‘p harakat qildi. Xullas, barcha xursand bo‘lishi mumkin», – deb Emerining so‘zlarini keltiradi Football London.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz