Узбек O'zbek
Zidanni ishdan bo‘shatish «Real»ga juda qimmatga tushadi
Payshanba, 19 Sentabr
16211

«Real» agar Zinedin Zidanni ishdan bo‘shatishga qaror qilsa, juda katta miqdorda tovon puli to‘lashiga to‘g‘ri keldi.

Sport.es nashri ma’lumotiga ko‘ra, bunday qaror madridliklarga 80 million yevroga aylanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, fransuz murabbiyning shartnomasiga ko‘ra uning yillik maoshi miqdori 13 million yevroga teng, shartnoma esa 2022 yil yoziga qadar tuzilgan.

Agar u iste’foga chiqarilsa, uning o‘rnini klubning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino egallashi mumkin.

«Real» Ispaniya chempionatining yangi mavsumi startini kutilganidek boshlay olmadi, jamoa 4 turda 8 ochko jamg‘ardi (2 g‘alaba va 2 durang) hamda hozirda turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. Chempionlar ligasi guruh bosqichini esa jamoa Parijda «PSJ»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lish bilan boshladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz