Узбек O'zbek
YeCHLdagi debyutida het-trik qilgan yosh hujumchiga grand klub qiziqish bildirmoqda
Payshanba, 19 Sentabr
7375

«Zalsburg» hujumchisi Erling Holand «Barselona» klubi qiziqishlari doirasiga tushdi. Kataloniyaliklar klubi ushbu 19 yoshli norvegiyalik futbolchini tarkibiga qo‘shib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

El Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, katalonlar klubi skautlari ushbu futbolchini 2019 yilgi yoshlar chempionati vaqtida kuzatishni boshlagandi. O‘sha turnirda Holand Honduras terma jamoasi darvozasiga 9ta gol yo‘llagan va yakunda turnir to‘purariga aylangandi.

Holand 18 sentyabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turida «Genk» klubiga qarshi o‘yinda (6:2) debyut qildi va het-trik muallifi bo‘ldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz