Узбек O'zbek
De Yong «ValverdeOut» heshtegli kommentga layk bosdi
Payshanba, 19 Sentabr
5067

«Barselona» yarimhimoyachisi Frenki de Yong Instagramda jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverdening iste’fosi so‘ralgan izohga layk bosdi.

Ko‘p o‘tmay, u belgini olib tashlagan, ammo ayni holat aks etgan skrinshot internetga tarqalib bo‘lgan edi.

The Sun`ning yozishicha, voqea «Borussiya Dortmund» bilan o‘yindan keyin ro‘y bergan. Uchrashuvda jamoa darvozabon Mark-Andre ter Shtegenning mahorati evaziga 1:1 hisobiga erishgan edi.

Ma’lum qilinishicha, de Yong klub rasmiy akkauntida shu o‘yindan olingan suratlardan biri ostida qoldirilgan «ValverdeOut» heshtegli izohga layk bosgan.

Ma’lumot uchun, 22 yoshli xavbek «ko‘k-anorranglilar»ning bu mavsumdagi barcha 5ta o‘yinida qatnashib, bittadan gol va assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz