Узбек O'zbek
«Barselona» Chempionlar Ligasi rekordchisini kuzatmoqda
Payshanba, 19 Sentabr
302

«Barselona» klubi «Zalsburg»ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland xizmatiga qiziqish bildirmoqda.

El Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar 19 yoshli futbolchini yozda, Polshada o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi o‘yinlardan birida 9ta gol urganidan so‘ng ko‘z ostiga olib qo‘yishgan edi. 

Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan «Genk» (6:2) klubiga qarshi o‘yinda Xoland het-trikka erishib, debyut o‘yinining 1-bo‘limida uchta gol urgan ilk futbolchi bo‘ldi. 

Xoland 2019 yil yanvar oyidan beri «Zalsburg» sharafini himoya qilmoqda. U jami 14ta o‘yinda maydonga tushib, 18ta gol urgan va 5ta golga hammualliflik qilgan. Uning shartnomasi 2023 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz