Узбек O'zbek
Ansu Fati Portugaliya va Ispaniya terma jamoalaridan birini tanladi
Payshanba, 19 Sentabr
14250

«Barselona» yarimhimoyachisi Ansu Fati 20 sentyabr kuni Ispaniya fuqaroligini oladi, deb xabar berdi AS.

«16 yoshli xavbekka fuqarolikni taqdim etish jarayoni tezlashtirilgan tartibda ketmoqda, boisi uni 17 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida Braziliyada o‘tadigan Jahon chempionati uchun Ispaniya termasi tarkibida ro‘yxatdan o‘tkazishmoqchi», deyiladi xabarda.

Afrika g‘arbidagi Gvineya-Bisau respublikasida tug‘ilgan Fati Portugaliya terma jamoasini ham tanlashi mumkin edi, ammo u «qizil furiya» safida o‘ynashni afzal bildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ansu La Liga tarixida bir o‘yinda ham gol urib, ham golli pas uzatgan eng yosh futbolchi bo‘lgan, YeCHLda esa «Barselona» tarkibida o‘ynagan eng yosh o‘yinchiga aylangan edi. 

Ma’lumot uchun, JCH U-17 26 oktyabr kuni Braziliyada start oladi. Unda ispaniyalik o‘smirlar Argentina, Tojikiston va Kamerun termalari bilan bir guruhda kurash olib boradi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz