Узбек O'zbek
2019 yilgi «Oltin to‘p» sohibi qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi
Payshanba, 19 Sentabr
10070

France Football «Oltin to‘p» mukofotiga nomzodlar ro‘yxatini 21 oktyabr kuni e’lon qiladi.

Nashrning xabar berishicha, taqdirlash marosimi 2 dekabr kuni Parijdagi Shatle teatrida bo‘lib o‘tadi. Unda «Chelsi»ning sobiq yetakchilaridan biri Dide Drogba qatnashadi.

Futbol olamidagi eng nufuzli shaxsiy mukofot bilan birga 2 dekabrda ayollar futbolidagi «Oltin to‘p», 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi o‘yinchi sovrini va jahonning eng yaxshi darvozabonini taqdirlash uchun yangi ta’sis etilgan Lev Yashin nomidagi mukofot ham o‘z egalariga topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda «Oltin to‘p» «Real» yarimhimoyachisi Luka Modrichga berilgan edi. Undan oldin esa 10 yil davomida portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va argentinalik Lionel Messiga 5 martadan berib kelingan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz