Узбек O'zbek
Video: Maunt o‘yinni oxirigacha davom ettira olmadi. Hakam fol uchun sariq kartochka berish bilan kifoyalandi
Chorshanba, 18 Sentabr
3278

«Chelsi» Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turida «Valensiya»ni qabul qildi.

Maydon egalari yarimhimoyachisi Meyson Maunt o‘yinning dastlabki qismida jarohat oldi. Raqib futbolchisi Frensis Koklen uning boldir qismiga zarba berdi, o‘yinni boshqargan turkiyalik hakam Junayt Chaqir esa fol uchun sariq kartochka ko‘rsatish bilan kifoyalandi.

20 yoshli futbolchi tibbiy yordamdan keyin yana bir necha daqiqa maydonda qolib, o‘yinni davom ettirishga harakat qildi, ammo u 16-daqiqada almashtirildi, uning o‘rniga Pedro o‘yinni davom ettirdi.

APL startida muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatgan 20 yoshli Maunt (5 o‘yinda 3 gola) bu oqshom YeCHLda debyut qilgandi. 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz