Узбек O'zbek
O‘FA Kuper bilan kompensatsiya masalasida kelisholmayapti
Chorshanba, 18 Sentabr
17768

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (O‘FA) bilan kompensatsiya masalasida kelisholmayapti.

Tribuna.uz manbasi xabariga ko‘ra, argentinalik mutaxassis muddatidan oldin iste’foga chiqishga tayyor, ammo faqat bir shart bilan – u qolgan vaqt uchun mo‘ljallangan maoshini to‘liq miqdorda olishni istamoqda.

Kuper bilan imzolangan shartnomaga ko‘ra, u yana 7 million yevro maosh olishi kerak. O‘FA esa faqat 5 million berishga rozi. Biroq, Kuperning agenti muzokaralar davomida maoshining to‘liq to‘lab berilishini talab qilmoqda. 

Avvalroq, Kuper iste’foga chiqarilsa uning o‘rniga «Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze va «Bunyodkor» ustozi Vadim Abramov asosiy nomzodlar ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi navbatdagi o‘yinni JCH-2022 saralashi doirasida 10 oktyabr kuni Yamanga qarshi o‘tkazishi lozim.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz