Узбек O'zbek
Venger Rossiya klubini boshqarishi mumkin
Seshanba, 17 Sentabr
3321

Moskvaning «Spartak» klubi fransiyalik murabbiy Arsen Vengerga qiziqish bildirmoqda, deb yozadi Rossiya ommaviy axborot vositalari.

Xabar berilishicha, Moskva klubining bosh direktori Tomas Sorn Venger bilan uchrashish va muzokaralar olib boris uchun Londonga uchib ketgan.

«Qizil-oqlar» jamoaning qoniqarsiz natijalari tufayli bosh murabbiy Oleg Kononovni iste’foga chiqarish kutilmoqda.

60 yoshli Arsen Venger «Arsenal»dagi 22 yillik faoliyatdan so‘ng, 2018 yildan beri ishsiz hisoblanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz