Узбек O'zbek
«Real» Mbappe transferini kelishib oldi
Seshanba, 17 Sentabr
13970

«Real» klubi kelasi yil yozida «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolaydi.

El Chiringuito xabariga ko‘ra, madridliklar fransiyalik iqtidor uchun jami 225 million yevro to‘laydilar. Yana 50 million yevro bonuslar ko‘rinishida bo‘ladi. Natijada Mbappening transferi tarixdagi eng qimmati bo‘ladi.

Qayd qilish joizki, «Real» futbolchining transfer qiymatini bir necha yillar davomida to‘laydi. 35 million yevro miqdoridagi dastlabki qismi 2020 yil yozida o‘tkazib beriladi.

Bu mavsumda 20 yoshli Mbappe «PSJ» tarkibida barcha musobaqalarda 4ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va 1ta golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz