Узбек O'zbek
Neymar sud orqali YeCHLdagi diskvalifikatsiyasi muddatini qisqartirdi
Seshanba, 17 Sentabr
2410

«PSJ» hujumchisi Neymar Sport arbitraj sudi orqali Chempionlar ligasidagi diskvalifikatsiyasini qisqartirishga erishdi.

Musobaqaning o‘tgan mavsumi nimchorak finalidagi «MYU»ga qa

rshi o‘yin hakamlarini haqoratlagani uchun uchta o‘yinga chetlatilgan futbolchi endilikda uchta emas, ikkita uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

U ertaga Parijda «Real»ga qarshi kechadigan dastlabki tur o‘yini va 2-turda «Galatasaroy» maydonidagi bahsni o‘tkazib yuboradi. 3-turdagi «Bryugge» bilan o‘yindan boshlab YeCHLda yana maydonga tushishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Neymar bu mavsum ilk marta 14 sentyabr kuni Fransiya chempionatining «Strasburg» bilan o‘yinida maydonga tushib, 92-daqiqada o‘yindagi yagona gol muallifi bo‘ldi. Bundan oldin esa Braziliya termasi safida Kolumbiya (2:2) va Peruga (0:1) qarshi o‘rtoqlik bahslarida qatnashib, bitta gol urgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz