Узбек O'zbek
Azamat Abduraimov Toshkentda o‘tadigan U-16 Osiyo chempionati saralashi uchun tarkibni e’lon qildi
Seshanba, 17 Sentabr
2417

18-22 sentyabr kunlari Toshkentda U-16 Osiyo chempionati-2020 saralashining «B» guruhi bahslari o‘tkaziladi.

Bu guruhda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Hindiston, Bahrayn va Turkmaniston jamoalariga qarshi qit’a chempionati final bosqichi yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

O‘FA Azamat Abduraimov jamoasining mazkur saralash o‘yinlari uchun zayavkasini e’lon qildi. Tarkibdagi barcha futbolchilar 2004 yilda tug‘ilgan.

Darvozabonlar
Husan Mahmudov (Paxtakor)
Beknur Parmonov (Nasaf)
Asror Kenjayev (Spartak)

Himoyachilar
Sunnatila Poyonov (Paxtakor)
Azizjon Toshkenboyev (Lokomotiv)
Vazgen Pogosyan (Paxtakor)
Mirkomil Abdurazzoqov (Paxtakor)
Kirill Todorov (Paxtakor)
Aleksandr Zevadinov (Bunyodkor)
Elyor Yulbarsov (Nasaf)
Tohir To‘xtasinov (Bunyodkor)

Yarimhimoyachilar:
Muxritdin Pazildinov (Paxtakor)
Abduqodir Husanov (Bunyodkor)
Alisher Xayrullayev (Nasaf)
Diyor Inomov (Spartak)
Rian Islamov (Neftchi)
Nodir Abdurazzoqov (Chirchiq OZK)
Po‘lat Jumaxonov (Paxtakor)
Asad Beglarxonov (Paxtakor)

Hujumchilar
Obloyor Rahmatov (Neftchi)
Sardor Xojiboyev (Paxtakor)
Rustam Turdimurodov (Paxtakor)
Shahzod Akramov (Nasaf)

Barcha o‘yinlar soat 16:00da boshlanadi. O‘zbekiston o‘smirlar termasi ishtirokidagi uchrashuvlar JAR stadionida, parallel ravishdagi bahslar TTYMI stadionida o‘tkaziladi.

18 sentyabr (chorshanba)
O‘zbekiston – Bahrayn
Hindiston – Turkmaniston

20 sentyabr (juma)
Turkmaniston – O‘zbekiston
TTYMI stadioni. Bahrayn – Hindiston

22 sentyabr (yakshanba)
Hindiston – O‘zbekiston
Bahrayn – Turkmaniston

Saralashning jami 11ta guruhida g‘oliblar va ikkinchi o‘rin egalaridan eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 4 jamoa bir yildan keyin bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga yo‘l oladi. Chempionat mezboni hozircha noma’lum va agar mezbon saralashdan o‘tgan bo‘lsa, eng yaxshi ikkinchi o‘rin sohiblaridan beshinchi jamoa ham turnirda qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik o‘smirlar 2017 yilgi saralashda besh jamoa orasida uchinchi o‘rinni olib, 2018 yilgi Osiyo chempionati final bosqichiga chiqa olmagan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz