Узбек O'zbek
Allegri «Monako»ni boshqarishni istamadi, u qaysi klubdan taklif kutayotgani ma’lum
Seshanba, 17 Sentabr
11086

«Milan» va «Yuventus» klublarining sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «Monako»ni boshqarish taklifini rad etdi. Bu haqda RMC xabar tarqatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, italiyalik mutaxassis «PSJ»dan taklif kutmoqda. Fransiya chempioni bosh murabbiy Tomas Tuxelni ishdan bo‘shatishi ehtimoldan xoli emas.

«Monako» esa «Zenit» ustozi Luchano Spalletti nomzodiga ham befarq emasligi aytilyapti.

Avvalroq monegaskliklar klubi oxirgi bir yil ichida uchinchi marta bosh murabbiyni o‘zgartirishi mumkinligi, rahbariyat bu masalani oktyabr oyidagi FIFA kunlari vaqtida ko‘rib chiqishi xabar qilingan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz