Узбек O'zbek
«Yuventus» qishda Iskoni safiga qo‘shib olmoqchi
Dushanba, 16 Sentabr
8056

«Yuventus» hamon «Real» yarimhimoyachisi Iskoga qiziqishini saqlab turibdi. Calciomercato nashri xabar berishicha, turinliklar klubi qishki transferlar vaqtida 27 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqchi.

Isko Madrid klubi safida doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.

Bundan avvalroq, OAVda «Real» ispaniyalik yarimhimoyachisi transferini 75 mln yevroga narxlagani haqida xabar tarqalgandi. Shuningdek, «Qirollik klubi» bu futbolchisini arzonroqqa qo‘yib yuborishi ko‘zda tutilgan variantlar ham bor.

Iskoning «Real» bilan hozirgi shartnomasi 2020 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Isko «Real»ning ikki o‘yinida maydonga tushdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz