Узбек O'zbek
«Yuventus» fan-guruhlaridan 12tasining yetakchilari hibsga olindi
Dushanba, 16 Sentabr
2461

Italiya politsiyasi «Yuventus» fan-guruhlaridan 12tasining yetakchilarini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda Tuttosport.

Nashrga ko‘ra, ular aybni og‘irlashtiruvchi holatlarda tovlamachilik qilish, pul yuvish va zo‘ravonlik jinoyatlarini sodir etishda gumonlanmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, «Yuventus» vakillari bir yildan ko‘proq vaqt oldin politsiyaga rasmiy murojaat bilan chiqqan.

Ma’lumot uchun, Turin klubi 2017/18 mavsumi yakunida fan-guruhlarga berilgan ba’zi imtiyozlarini bekor qilgan, bu esa mazkur guruhlar a’zolarida norozilik uyg‘otgan. Ular klubdan avvalgi imtiyozlarni qaytarishni talab qilib kelishayotgan edi.

Xabarga ko‘ra, Italiyaning qator shaharlarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan mazkur holat bo‘yicha tintuv ishlari davom etmoqda. Jinoiy guruh bilan aloqasi borligi gumon qilinayotgan 40 nafar shaxs tergovga tortilgani aytilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz